Главная » 2020 » Апрель » 17 » BOMJ o‘zini izolyatsiya qilish qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi
22:29

BOMJ o‘zini izolyatsiya qilish qoidasini buzgani uchun jarimaga tortildi


Moskvada politsiya uysiz odamga o‘zini izolyatsiya qilish rejimini buzgani uchun jarima soldi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni “Lenta“ nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, “huquqbuzar“ Lianozovskiy bog‘i yaqinida to‘xtatilgan. Unga katta miqdorda jarima solingani aytilmoqda.

“Lianozovskiy bog‘i yaqinida politsiya tomonidan bir uysiz shaxs to‘xtatilgan. Ushbu shaxs politsiyaga qiz do‘stining oldiga ketayotganini aytgan. Politsiya uysiz shaxsga o‘zini izolyatsiya qilish qoidasini buzayotganini aytib, rejimga rioya qilish uchun bironta uyni ijaraga olishni maslahat bergan“, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkakni politsiya idorasiga olib borib, unga nisbatan bayonnoma tuzilgan. So‘ng, unga nisbatan to‘rt ming rubl miqdorida jarima solingan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: jarimaga tortildi, bomj, qoidasini, buzgani uchun, o‘zini izolyatsiya qilish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя