Главная » 2017 » Июнь » 8 » Borovskiy kolleji direktori va 2 o‘rinbosari ishdan ketdi
10:12

Borovskiy kolleji direktori va 2 o‘rinbosari ishdan ketdi


Avvalroq, Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yo‘ldoshevna Yusupova o‘z arizasiga binoan ishdan olingani haqida xabarbergan edik.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmatidan “Qalampir.uz” saytiga xabar berishlaricha, kecha, 5 iyun kuni direktor bilan birga uning o‘rinbosarlari ham ishdan olingan. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Bo‘rixo‘jayeva hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Vazira Hasanova ham o‘z vazifalaridan ozodetilgan.

Direktorning professional ta’lim ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Fotima Alimova o‘z joyida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov joriy yilning 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklanib, 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgach, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgan edi.

Foto: medk-borovskiy.uz


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Borovskiy kolleji, direktor, Jasurbek Ibrohimov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя