Главная » 2020 » Декабрь » 7 » Bosh og‘riganda qanday mahsulotlar iste’mol qilmaslik kerak?
23:07

Bosh og‘riganda qanday mahsulotlar iste’mol qilmaslik kerak?


Bosh og‘rig‘ining oldini olish uchun iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan mahsulotlar mavjud. Ular qaysilardan iborat ekani haqida parhezshunoslar Sandra Vakuera va Alvaro Sanches ma’lumot beradi.

Turli omillar bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin, muhimi esa og‘riq sababi nimadaligini bilish kerak.

Bosh og‘rishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Birinchisi moviy pishloq. Bunday mahsulotda gistidin aminokislotasidan hosil bo‘lgan gistamin ko‘p bo‘ladi. Aynan shu sababga ko‘ra, qon-tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan sitrus mevalarni ham me’yordan ortiq iste’mol qilmaslik kerak.

Migren vaqti iste’mol qilish ta’qiqlanadigan uchinchi mahsulot qahva sanaladi. Nafaqat qahva, balki tarkibida kofein mavjud bo‘lgan choy va boshqa ichimliklar ham shular jumlasidan. Kuniga uch finjon qahva ichish — migren bezovta qiladigan bemorlarda bosh og‘rishining garovi. Ammo har kuni qahva ichishga odatlanganlar qahva ichishni bas qilishi ham og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, qizil vinoda ham gistamin ko‘p bo‘lgani sabab ham parhezshunos Sanches uni ichishdan voz kechish kerakligini aytadi. Avokado ham gistaminning koni. Uning boshqa foydali xususiyatlariga qaramay, bosh og‘rig‘i bezovta qiladigan kishilarga iloji boricha ratsionga kiritmaslik tavsiya qilinadi.

Tarkibida gistamin mavjud bo‘lgan mahsulotlar qatoriga baqlajonismaloq, pomidor, bulg‘ori qalampiri va loviya ham kiradi. Ular o‘rniga olma, nok, mango, salat bargi, bodring, piyoz va qovoq iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Ro‘yxat so‘ngidan esa kolbasa, sosiska va boshqa qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari o‘rin olgan. Bunday mahsulotlarda gistamindan tashqari, sifati yuqori bo‘lmagan boshqa to‘yinmagan yog‘lar ham o‘rin oladi.

Bundan tashqari mutaxassislar oz-ozdan, tez-tez har ikki soatda ovqatlanish kerakligini maslahat beradi. Gap shundaki, uzoq vaqt davomida ovqatlanilmaganda organizmdagi glyukoza miqdori tushib ketishi va bu migrenni keltirib chiqarishi mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: bosh, iste’mol, mahsulotlar, og‘riganda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя