Главная » 2017 » Август » 25 » Bosh prokuratura gulnora karimovaning rossiyadagi mol-mulkini arest qilish uchun so‘rov yubordi
11:05

Bosh prokuratura gulnora karimovaning rossiyadagi mol-mulkini arest qilish uchun so‘rov yubordi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rossiyalik hamkasblariga so‘rov yuborib, unda Gulnora Karimovaning Rossiyadagi mol-mulkni arest qilishni so‘radi, deb xabar beradi "Interfaks".

Rossiya bosh prokuraturasi hozirda so‘rovni ko‘rib chiqmoqda.

"O‘zbekiston bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, ushbu so‘rovda qayd etilgan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi",—deb ta’qidlagan rossiyalik prokurorlar.

2013 yilda O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan Gulnora Karimovaga nisbatan tovlamachilik va soliqlarni to‘lashdan bosh tortish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 2015 yilning avgustida Gulnora Karimova 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda 2017 yilning avgustida rasmiy ma’lumot taqdim etildi.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qilish, Arest, prokuratura gulnora, karimovaning, bosh, mol-mulkini, rossiyadagi, uchun so‘rov yubordi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя