Главная » 2017 » Июль » 28 » Bosh prokuratura: Gulnora Karimovaning xorijda qariyb 2 mlrd dollarlik mablag‘i va ko‘chmas mulklari borligi aniqlandi
15:37

Bosh prokuratura: Gulnora Karimovaning xorijda qariyb 2 mlrd dollarlik mablag‘i va ko‘chmas mulklari borligi aniqlandi


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qildi.

Olib borilgan tergov hujjatlari bo‘yicha hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi legallashtirilgan mablag‘ aniqlangan, shu jumladan:

Shveysariyada – 777,8 mln AQSh dollari miqdorida pul mablag‘lari va Koloni shahrida narxi 18,5 mln frank bo‘lgan ko‘chmas mulk (villa);

 

Shvesiyada – 30 mln AQSh dollari miqdorida pul mablag‘lari;

 

Buyuk Britaniyada – 4,2 mln funt miqdorida pul mablag‘lari, London shahrida umumiy narxi 22,9 mln funtlik uy-joylar, kvartiralar va villalar;

 

Fransiyaning Parij shahrida – kvartiralar va “Shato de Grussi” qasri, Santrope shahrida – villa (umumiy narxi 52,5 mln yevro);

 

Latviyada – 16,5 mln AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, Riga shahrida park hududidagi umumiy narxi 9 mln yevro bo‘lgan ko‘ngilochar markaz;

 

Irlandiyada – 300 mln AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar;

 

Malta orolida – narxi 48,8 mln AQSh dollari bo‘lgan samolyot;

 

Germaniyada – 2 mln yevro miqdoridagi pul mablag‘lari;

 

Ispaniyada – 82 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari;

 

Rossiyada – 6 mln AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari, umumiy narxi 2 mln AQSh dollari bo‘lgan Moskva shahri “Kamelot” turar joy kompleksidagi “pentxaus”, “Rublevka” massividagi hashamatli turar joy va 8 ta kvartira, Yalta shahridagi mehmonxona kompleksi, turar joy va yer uchastkasi;

 

Gonkongda – 67 mln AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari, “The Arch” osmono‘par binosida narxi 15 mln AQSh dollaribo‘lgan “pentxaus”;

 

Birlashgan Arab Amirligida – 32 mln AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari, 31,5 mln AQSh dollari miqdoridagi oltin va oltin sertifikatlari, Dubay shahrida umumiy narxi 67,4 mln AQSh dollari bo‘lgan “pentxaus”, 2 ta villa va 2 ta mehmonxona komplekslari aniqlangan.


Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlar vakolatli organlariga tergov organlarining uyushgan jinoiy guruhning yuqorida qayd etilgan aktivlarini xatlash to‘g‘risidagi qarorlari yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirgi kunda uyushgan jinoiy guruhning boshqa aktivlarini aniqlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilmoqda.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Gulnora Karimova, Bosh Prokuratura | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя