Главная » 2021 » Февраль » 28 » Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi
22:43

Bosh prokuratura kafedagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi


Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko‘chasida joylashgan «Shovotlandiya» kafesining yoqib yuborilishi oqibatida besh nafar fuqaro halok bo‘lgani, qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani haqida xabar bergandik.

Bosh prokuratura axborot xizmati «Shovotlandiya» kafesidagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 kishi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 1998-yilda tug‘ilgan J.J. (erkak), 1998-yilda tug‘ilgan X.X. (erkak), 1961-yilda tug‘ilgan B.A. (ayol), 1999-yilda tug‘ilgan M.B. (ayol) va 1996-yilda tug‘ilgan Sh.A. (ayol) halok bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kafedagi, Bosh Prokuratura, yong‘inda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя