Главная » 2020 » Январь » 21 » Bosh prokuratura: Nariman Grigoryanning qotili aybini tan oldi
20:49

Bosh prokuratura: Nariman Grigoryanning qotili aybini tan oldi


Toshkent shahar prokuraturasida 20-yanvar kuni OAV vakillari uchun tashkil etilgan brifingda taniqli dizayner va xoreograf Nariman Olimjonov (Grigoryan)ning o‘ldirishiga oid yangi tafsilotlar ma’lum qilindi.

Holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

“Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida ushbu qotillik jinoyati 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi”, deyiladi shahar prokuraturasi axborotida. Ayblanuvchi tariqasida so‘roq qilingan A.A. o‘z ko‘rsatmalarida Narimon Grigoryanni qasddan o‘ldirib, puliga egalik qilish maqsadi bo‘lganini aytgan.

U 13-yanvar, dushanba kuni soat taxminan 9:00 da o‘z rejasini amalga oshirish niyatida uyidan 1 litrlik baklajkada benzin va pichoq olib chiqqan. Nariman Grigoryanga qo‘ng‘iroq qilib, uning uyiga borgan. Xonadonga kirgan vaqtida yonidagi pichog‘i bilan Nariman Grigoryanni qasddan o‘ldirgan.

Gumon qilinuvchi shaxs uyda bo‘lgan 625 dollar, ikkita iPhone, bitta elektron sigareta chekish moslamasi, bitta Airpods naushnigi, Nariman Griogoryanning “Captiva”si kalitini olgan. Ayblanuvchi jinoyat izlarini yashirish maqsadida Naromanning murdasiga benzin sepib, o‘t qo‘ygan. Shundan so‘ng xonadonning kirish eshigini qulflab, chiqib ketgan. 

A.A. o‘z ko‘rsatmasida ikkita iPhone, “Captiva”ning kaliti va pichoqlarni hodisa sodir bo‘lgan Chigil ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanaliga tashlab yuborganini, 225 dollarni esa so‘mga ayirboshlab, bir qismini o‘zining ehtiyojlariga sarflaganligita tan olgan. 

Jinoyat ishi bo‘yicha hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, Qorasuv kanalidan ikkita pichoq, A.A.ning yonidan 400 dollar va 1,06 million so‘m pul mablag‘i, bitta elektron sigareta chekish moslamasi va bitta Airpods naushnigi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Rasuljon Botir o‘g‘lining ma’lum qilishicha, 17-yanvar, juma kuni A.A.ga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o’tamiz, 14-yanvar, seshanba kuni taxminan soat 12:05 da Toshkent shahrining Yashnobod tumani Chigil ko‘chasidagi xonadonda 2018-yil may oyidan buyon ijara shartnoma asosida yashab kelgan 35 yoshli Nariman Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan edi. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя