Главная » 2021 » Январь » 13 » Bosh prokuratura o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan o‘smir yuzasidan bayonot berdi
17:54

Bosh prokuratura o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan o‘smir yuzasidan bayonot berdi


Yozyovon tumanida o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirilayotganligi haqida xabar berilgan edi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

2020-yil 22-dekabr kuni Yozyovon tumanida tug‘ilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi talabasi Abdulaziz Abdurasulov voyaga yetmagan tanishlarini oldida Katta Farg‘ona kanalining Yozyovon tumani Taraqqiyot mahalla hududidan o‘tgan qismiga o‘zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.

Voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘smir, Bosh Prokuratura, kanaliga, Farg‘ona, bayonot berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя