Главная » 2017 » Август » 1 » Bosh vazir Abdulla Aripov kirish imtihonlarini borib ko‘rdi
11:55

Bosh vazir Abdulla Aripov kirish imtihonlarini borib ko‘rdi


Avvalroq, “Qalampir.uz” jamoasi Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi binolarida o‘tkazilayotgan kirish imtihonlarini kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qurbonov tashrif buyurdi. Bosh vazir imtihonlar o‘tkazilayotgan auditoriyalarga kirib, abiturientlarning fikrini bo‘lmagan holda test olish jarayoni bilan tanishdi. Tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Bu yil kirish imtihonlarini ochiq va oshkora o‘tishi, shaffofligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari uchun test o‘tkaziladigan binolarga kameralar o‘rnatilib, kamera orqali uzatilgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlar va auditoriyadan tashqariga o‘rnatilgan monitorlarda namoyish etilmoqda.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bosh vazir, borib ko‘rdi, Abdulla Aripov, kirish imtihonlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя