Главная » 2021 » Август » 5 » Bosh vazir Abdulla Aripov qaysi vaksinani olgani aytildi
14:13

Bosh vazir Abdulla Aripov qaysi vaksinani olgani aytildi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan birinchilardan bo‘lib emlangan. Bu haqdagi axborotni bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov «Daryo»ga tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan 2021 yil boshida to‘liq emlanib bo‘lgan. Uch bosqichli emlanish jarayonining birortasidan so‘ng hukumat rahbarida nojo‘ya ta’sirlar sezilmagan.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Shuningdek, bir qator amaldorlar ham vaksina olgani aytib o‘tilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bosh vazir, Abdulla Aripov, vaksina | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя