Главная » 2019 » Декабрь » 30 » “Boshqa bu mavzuga qaytmaslikka kelishib olindi”. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Yulduz Usmonova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:15

“Boshqa bu mavzuga qaytmaslikka kelishib olindi”. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Yulduz Usmonova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Suratdan anglashilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov ham ishtirok etganini ko‘rish mumkin.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Telegram-kanalida qoldirilgan xabarga ko`ra, “ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan bog‘liq jarayonga oydinlik kiritish maqsadida o‘zaro suhbat o‘tkazilgan”.
“Muloqot davomida bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan tomonlarning fikr-mulohazalari tinglandi. O‘zaro tushunish asosida bo‘lib o‘tgan muloqotda boshqa bu mavzuga qaytmaslik, har xil munosabatlar bildirmaslikka kelishib olindi. Yurtdoshlarimizni ham mazkur holat bo‘yicha turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradigan sharhlarga e’tibor bermaslikka chaqiramiz”, — deyiladi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborotida.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя