Главная » 2019 » Декабрь » 17 » Boshqa davlatlar bilan taqqoslanganda O‘zbekistonda internet qimmatmi?
17:49

Boshqa davlatlar bilan taqqoslanganda O‘zbekistonda internet qimmatmi?


“Picodi.com” tahlilchilari dunyoning 62 davlatidagi 223 ta eng yirik cheksiz internet yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan narxlar bilan tanishib chiqib, eng arzon internet qayerda ekanligi haqida ma’lumot berdi, deb xabar qiladi Spot.

Internetdan qulay foydalanish bir necha omillarga bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi: nominal tarif stavkasi, tarmoqqa ulanish texnologiyasi, simsiz signalning ulanishi, tarmoqning yuklanishi, shuningdek, tashrif buyurilgan veb-sayt sifati va uning serverlariga masofa.

Speedtest ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda simli internetning o‘rtacha tezligi 70 Mbit/soniyani tashkil etadi.

O‘z navbatida 100 Mbit/s — bu ko‘plab davlatlar tomonidan taqdim etiladigan o‘rtacha internet tezligi hisoblanadi. Bu kabi tezlik bir nechta qurilma orqali saytlarga kira olishni va 4K formatidagi videolarni ko‘rishni bemalol ta’minlaydi.

Polsha, Ruminiya, Fransiya va Singapur kabi davlatlarda yirik internet-provayderlar bu kabi “past” tezlikni taklif etmaydi.

Polsha va Ruminiyada minimal tarif — 150 Mbit/s, Fransiyada — 200 Mbit/s, Singapurda — 500 Mbit/s. Tojikiston, Turkmaniston va Vyetnamda esa 100 Mbit/s tezlik barchaga ham berilmaydi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя