Главная » 2020 » Май » 29 » Boshqa viruslarga o‘xshamaydi: koronavirusning g‘alati xususiyati aniqlandi
18:09

Boshqa viruslarga o‘xshamaydi: koronavirusning g‘alati xususiyati aniqlandi


Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari e’tiborini SARS-CoV-2 koronavirusini bosh viruslardan farqlab turuvchi bir jihat tortdi. «Izvestiya» yozishicha, jonli organizmlarning mazkur virusga bardoshi sinab ko‘rilganida koronavirus aynan inson hujayralariga eng oson moslashishi aniqlangan.
Mutaxassislar SARS-CoV-2 organizmga ACE2 reseptori orqali kirishi va oqsillar yordamida hujayralar bilan birikishini kuzatishdi. Birikishning eng mustahkami aynan odam hujayralari bilan bo‘ldi.
Taqqoslash uchun: ko‘rshapalaklarda aniqlangan shtamm o‘z egasi organizmi muhitiga bunchalik moslashuvchan emas.
«Ilgari inson organizmida hech qachon bo‘lmagan yangi virus (SARS-CoV-2) inson reseptorlari bilan o‘ta yuqori darajada bog‘lana olishi bizni ajablantirmoqda», — dedi Flinders universiteti professori Nikolay Petrovski.
Koronavirus inson tanasiga shunchalik yaxshi moslashdiki, endi u aloqani ushlash uchun mutatsiyalanishgayam ehtiyoj sezmayapti, ta’kidlaydi professor.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘xshamaydi, g‘alati xususiyati, Boshqa viruslar, virus, Koronavirus, aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя