Главная » 2018 » Апрель » 18 » Boshqirdistonda o‘smir bola tengdoshlarini pichoq bilan yaralab, maktabga o‘t qo‘ydi
16:15

Boshqirdistonda o‘smir bola tengdoshlarini pichoq bilan yaralab, maktabga o‘t qo‘ydi


Boshqirdistonning Sterlitamak shahridagi maktabga qurolli hujum uyushtirildi, deb yozadi “MK.ru”. Ijitmoiy tarmoqlarga joylangan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smir yigit maktabga bostirib kirib, pichoq bilan o‘quvchi va o‘qituvchilarga hamla qilgan.

“VKontakte”dagi guruhlardan birida o‘quvchi qiz yozishicha, pichoq bilan yaralangan qizlardan biri ikkinchi qavatdan sakragan. Maktabning o‘zi esa ayni paytda, go‘yoki, yonmoqda. Izohlarda o‘smirning o‘zi hujumdan so‘ng joniga qasd qilishga uringanini yozishgan.

O‘z navbatida, “RIA Novosti” mintaqa tezkor xizmatlariga tayanib xabar berishicha, gumonlanuvchi informatika xonasida yong‘in sodir etgan. Voqea joyiga Tergov qo‘mitasi rahbariyati va kriminalistlar yo‘l olgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida to‘rt kishi jabrlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pichoq, o‘t qo‘ydi, Boshqirdiston, o‘smir bola, Maktab, bilan yaralab, tengdoshlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя