Главная » 2020 » Июнь » 25 » Bozorlardagi go‘shtning minimal va maksimal narxi qancha?
09:39

Bozorlardagi go‘shtning minimal va maksimal narxi qancha?


O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida ma’lum oziq-ovqat mahsulotlari necha puldan sotilayotgani o‘rganildi. Davlat statistika qo‘mitasi 23 iyun kuni bozorlarda o‘tkazgan kuzatuvlari natijasini e’lon qildi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 38 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kg)

1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (38 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

1 kg qo‘y go‘shtining minimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 so‘m) kuzatilgan.

Kartoshka 1 000 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)

1 kg kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”da qayd etilgan (1 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 500 so‘m) kuzatilgan.

Piyoz 750 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

1 kg piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (750 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kg)

1 kg sabzi mahsulotining minimal narxi Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 500 so‘m) kuzatilgan.

Tuxum 5 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)

10 dona tuxum mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”da, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da qayd etilgan (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

1 kg guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da ro‘yxatga olingan (“Nukus 2” navli guruch 4 500 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)

1 litr o‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 400 so‘m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) qayd etilgan.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

1 kg shakar mahsulotining minimal narxi Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori»da, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori»da, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 so‘m) kuzatilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qancha, Bozorlardagi, go‘shtning, minimal va maksimal narxi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя