Главная » 2021 » Октябрь » 20 » Braziliya rahbarini yuz minglab insonlar o‘limida ayblashmoqda
23:34

Braziliya rahbarini yuz minglab insonlar o‘limida ayblashmoqda


Braziliya Senatining COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini o‘rganuvchi maxsus qo‘mitasi prezident Jair Bolsonaruni koronavirus bilan kurashishdan bosh tortgani uchun yuz minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan insoniyatga qarshi jinoyatlar va mas’uliyatsizlikda aybladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Umuman olganda, Senat prezidentga qarshi to‘qqizta ayblov qo‘ymoqchi. Komissiya taqdim etgan hisobot Braziliya rahbarini pandemiya haqidagi dalillarni ataylab buzib ko‘rsatishda, odamlar hayotiga «beparvolik» va vaksina sotib olishni ataylab kechiktirishda ayblaydi.

Braziliyada COVID-19 tarqalishi natijasida 600 ming kishi vafot etdi, 21 milliondan ortiq kishi virusni yuqtirdi.

«Qonunga muvofiq harakat qilishga majbur bo‘lgan hukumat o‘zining xulq-atvori bilan millionlab braziliyaliklarning o‘limiga rozi bo‘ldi», — deyiladi hisobotda.

Tergov paytida, shuningdek, yana 67 kishi va kompaniyalarga ayblov e’lon qilish taklif qilindi. Hisobotda soxta yangiliklar tarqatgan hozirgi va sobiq vazirlar, samarasiz dori-darmonlar yozayotgan shifokorlar va Bolsonaruning uch o‘g‘li — senator Flavio, deputat Eduardo va maslahatchi Karlos haqida so‘z boradi.

Jair Bolsonaru o‘zining COVID-19 ga nisbatan siyosati bilan mashhur. Davlat rahbari bir necha bor koronavirus xavfini past baholab, uning grippdan farqi yo‘qligini aytgan. Bundan tashqari, u shtat gubernatorlarini karantin choralarini yengillashtirishga chaqirdi. Hatto, shifoxonadan chiqqanidan keyin ham, prezident jurnalistlar bilan gaplashishdan oldin niqobini yechib tashladi.

Oktyabr oyi boshida Braziliya bo‘ylab minglab fuqarolar Bolsonaruning iste’fosini talab qilib, namoyishga chiqishdi. Namoyishlar mamlakatda koronavirus tarqalishi davrida Braziliya muxolifati tomonidan uyushtirilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘limida, Braziliya, rahbarini, ayblashmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя