Главная » 2017 » Август » 25 » Braziliyada 300 nafar ko‘ngilli qirg‘oqqa chiqib qolgan 15 tonnalik kit bolasini dengizga qaytardi
11:15

Braziliyada 300 nafar ko‘ngilli qirg‘oqqa chiqib qolgan 15 tonnalik kit bolasini dengizga qaytardi


Braziliyada dengiz qirg‘og‘ida, quyosh nurlari ostida 1 sutka qolib ketgan 15 tonnalik kit bolasi 300 nafar ko‘ngilli tomonidan suvga qaytarildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

15 tonnalik kit bolasining hayotini saqlab qolish uchun 300 kishi kurashdi. Odamlar qo‘llarida belkurak va ekskavator yordamida kit bolasining dengiz tomonga suzishi uchun yo‘l ochishdi. Qutqaruv operatsiyasini yuzlab mahalliy aholi tomosha qildi.

Bir necha soatlik og‘ir mehnatdan so‘ng kit bolasi suvga qaytdi. Olimlarning fikricha, kit bolasi Antarktikaga ko‘chgan kitlar to‘dasidan qolib ketgan.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: chiqib, qirg‘oqqa, ko‘ngilli, qolgan, nafar, bolasini dengizga qaytardi, Braziliyada, 15 tonnalik, Kit, 300 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя