Главная » 2020 » Сентябрь » 2 » Braziliyaga meteoritlar yomg‘iri yog‘ib, mahalliy aholini boy qilib yubordi
21:02

Braziliyaga meteoritlar yomg‘iri yog‘ib, mahalliy aholini boy qilib yubordi


Braziliyadagi shaharlardan biriga qimmatbaho meteorit parchasi tushib, mahalliy fuqarolarni boyitib yubordi va minglab turist hamda tadqiqotchilarni o‘ziga jalb etdi, deb xabar beradi LADbible.

19-avgust kuni Santa-Filomena shahriga meteoritlar yomg‘iri yog‘gan. 4,6 milliard yoshli kosmik parchalar dastlab osmonni to‘ldirgan, shundan so‘ng yerga qulagan.

Olimlarning ma’lum qilishicha, yerga tushgan meteorit parchalari qadimiy minerallardan iborat bo‘lib, juda qimmat turadi. Bundan xabar topgan shahar aholisi meteorit parchalarini yig‘ishga tushib ketgan. Ulardan eng yirigi 40 kilogrammni tashkil etadi va tadqiqotchilar uni 27 ming dollarga sotib olishga tayyor.

Butun dunyodagi tadqiqotchilar va kolleksiyachilar Santa-Filomenaga noyob kosmik obyektni o‘rganish va ularni yig‘ish uchun tashrif buyurmoqda. Millionerlar noyob mineral bo‘laklarini ommaviy ravishda xarid qilishga tushgan.

Ayrimlarning fikricha, hukumat meteorit parchalarining mamlakat hududidan olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ta’kidlanishicha, bu ularga ilmiy tadqiqot o‘tkazish va turistlarni jalb etishga imkon beradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yomg‘iri yog‘ib, meteoritlar, Braziliyaga, yubordi, boy qilib, mahalliy aholini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя