Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli bilan bo‘layotgan janjalni oshkor etmaslikni talab qildi
15:11

Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli bilan bo‘layotgan janjalni oshkor etmaslikni talab qildi


Gollivud aktyori Bred Pitt bolalariga vasiylik qilish uchun rafiqasi Anjelina Joli bilan bo‘layotgan janjalni oshkor qilishni taqiqlashni talab qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bred Pitt oilaviy janjalni ommaviy tarzda muhokama qilish, bolalarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. U seshanba kuni sudga jinoyat ishi yuzasidan barcha ma’lumotlarni nashrlarda chop etishni taqiqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, Anjelina Joli turmush o‘rtog‘ining bu harakatidan farzandlarini nazoratsiz ravishda ko‘rishga ruxsat olishidan hadiksiramoqda.

Anjelina Joli 19 sentabr kuni ajrashish uchun sudga ariza bergan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunga shirakayf Bredning samolyotda farzandlaridan biriga tarsaki tushirishi sabab bo‘lgan. Ammo Los-Anjeles bolalar va oilaviy ishlar bilan shug‘ullanuvchi departament o‘tkazgan tekshiruv jarayonida yuqoridagi holat o‘z tasdig‘ini topmagan.

Pitt va Joli 2014 yilda turmush qurgan. Ularning uch nafar o‘z farzandi va uch nafar asrab olgan bolalari bor.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Bred Pitt, Anjelina Joli, rafiqasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя