Главная » 2020 » Сентябрь » 20 » Britaniyada 13 bolaning onasi o‘z joniga qasd qildi
15:41

Britaniyada 13 bolaning onasi o‘z joniga qasd qildi


Buyuk Britaniyada 13 bolaning onasi va homiladorlik haqidagi shou yulduzi Mendi Gardner o‘z joniga qasd qildi. Bunga ayolni nima majbur qilgani noma’lum, deb yozadi «The Sun».

43 yoshli britaniyalik xonimning murdasi aprel oyida Uertingda uyi yaqinidan topilgan. Biroq oilasi sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida yarim yildan so‘ng ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, fojiadan sal oldin «Ajoyib homiladorlik» teleshousi yulduzi suiqasd haqida so‘z ochgan.

Ayol va uning turmush o‘rtog‘i 2016-yili shou efirida paydo bo‘lishgan. O‘shanda ularning 11 nafar farzandi bo‘lgan, Gardner esa 12-bolasiga homilador bo‘lgan. Er-xotin oilaviy yumushlari haqida so‘zlab berishgan.

«Homiladorliklarning hammasini ham rejalashtirilgan deb bo‘lmaydi, biroq ularning har birini xursandchilik bilan qabul qilganman», — deya tan olgan ko‘p bolali «qahramon» ona. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zida ularning uyida tartibsizliklar hukmronlik surgan: bolalar itning ortidan yugurishadi, kattalar esa bolalarning.

Gardner shaxsiy xeshtegi yordamida ijtimoiy tarmoqlarni ham yuritgan. U o‘zining katta oilasi va farzandlariga nisbatan mehr-muhabbati haqida postlar qoldirgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: onasi, qasd qildi, o‘z joniga, Britaniyada, Bolaning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя