Главная » 2020 » Март » 27 » Britaniyada koronavirus bor-yo‘qligini uy sharoitida tekshirish mumkin bo‘lgan test ishlab chiqildi
08:56

Britaniyada koronavirus bor-yo‘qligini uy sharoitida tekshirish mumkin bo‘lgan test ishlab chiqildi


Koronavirusga yangi test virusning bor-yo‘qligini 30 daqiqada aniqlashga yordam beradi. Uni o‘tkazish uchun 120 dollarlik portativ qurilma hamda burun va tomoqdan mazok olish uchun har biri 5 dollar turuvchi tasmalar to‘plami kerak bo‘ladi.

Test Londondagi Bryunel universiteti, Lankaster universiteti va Surrey universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu testning afzalligi shundaki, uni uy sharoitida o‘tkazish hamda kasallikni uning ilk alomatlari paydo bo‘lishidan avvalroq aniqlash mumkin. Bu haqda Tech Crunch nashri xabar berdi.

Test mualliflarining ta'kidlashicha, u organizmda virusga antitanalarni emas, balki virus RNK borligini tahlil qiladi. Bu esa infeksiyani uning birinchi alomatlari paydo bo‘lishidan ancha oldin aniqlash imkonini beradi.

“Bu sizda koronavirus bor-yo‘g‘ligini uy sharoitida tekshirish mumkinligini anglatadi. Diagnostik qurilmani smartfonga ulab, foydalanuvchi o‘zida infeksiya bor-yo‘qligini bila oladi”, deb aytishgan olimlar.

Test negizida Filippinda tovuqlarda virus bor-yo‘qligini tekshirishda qo‘llangan texnologiya yotadi. Britaniyalik mutaxassislar bu texnologiyani odamlar uchun moslashtirishgan. 

Ayni vaqtda ushbu testni ommaviy ravishda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. U bir necha hafta ichida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Ushbu testning qo‘llanishi hozirda tekshirilmayotgan odamlarni qamrab olishga va pandemiyaning haqiqiy ko‘lamini baholashga imkon beradi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя