Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Britaniyada koronavirusga chalingan ayol egizak farzand dunyoga keltirdi va bundan 16 kun o‘tgach xabar topdi
15:22

Britaniyada koronavirusga chalingan ayol egizak farzand dunyoga keltirdi va bundan 16 kun o‘tgach xabar topdi


Angliyaning Birmingem shahrida koronavirusga chalingan bemor sun’iy koma holatida egizak farzandini dunyoga keltirdi va bu haqda 16 kundan keyin xabar topdi, deb yozadi Metro.

Homilador Perpechuel Uke o‘zida koronavirus infeksiyasining ilk belgilarini mart oyida sezgan. Ahvoli borgan sari yomonlashgani sabab u shifoxonaga yotqizilgan va o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan hamda medikamentoz komaga tushirilgan.

Shifokorlar uning tirik qolishiga kafolat bera olmagani sabab 10-aprel kuni, homiladorligining 26 haftasida u kesarcha kesish amaliyotini boshidan o‘tkazgan (homiladorlikning normal davomiyligi o‘rtacha 38 haftani tashkil etadi). Egizaklarning qizalog‘i 770 gramm, bolakay esa 850 gramm tug‘ilgan. Uke esa yana 16 kun hushsiz yotgan.

Ayol o‘ziga kelganida egizaklar rostan ham o‘zining farzandlari ekanligiga ishonmagan. Unga suratlari namoyish etilgach, ularning kichkinaligidan shokka tushgan. Uke qiziga Sochika Palmer, o‘g‘liga — Osinachi Paskal deb ism qo‘ygan. Shifokorlarning aytishicha, bolalar qarindoshlari va yaqinlarining duosi bilan omon qolgan.

Chaqaloqlar tug‘ilganidan 116 kun o‘tib, ularga shifoxonadan javob berilgan. Ukening ta’kidlashicha, kun o‘tgan sayin bolalarning ahvoli yaxshilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Toshkentda koronavirusga chalingan yuragi xasta homilador ayol farzandli bo‘lgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xabar topdi, egizak, Britaniyada, Ayol, Farzand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя