Главная » 2021 » Февраль » 28 » Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)
19:30

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)


Britaniyalik er-xotin Syu va Noel Redfordlar 1989-yildan buyon 11 nafar qiz va 11 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Ko‘p farzandli oila haqida yaqinda Channel 5 telekanalida hujjatli film namoyish etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Syu o‘zining Xeydi ismli eng kichik farzandini 2020-yilning aprelida dunyoga keltirgan.

Hozirda oila o‘n kishiga mo‘ljallangan sobiq qariyalar uyida yashab kelmoqda. Bolalardan uch nafari mustaqil yashaydigan darajada ulg‘aygan, biroq uyda hamon joy yetarli emas.

Oila boshlig‘i qandolatchilik bilan shug‘ullanadi, biroq pandemiya sabab uning korxonasi yopilgan va u onlayn ishlashga majbur bo‘lmoqda.

Syu esa u qadar oson bo‘lmagan ish — uy yumushlari bilan mashg‘ul. U kun davomida uyni bir necha bor tozalaydi, kiyimlarni yuvish uchun esa 18 kilogrammli sanoat kir yuvish mashinasi olgan.

Redfordlar kuniga yetti litrdan ortiq sut va to‘rt “buxanka” non yeydi. Bir hafta ichida uchta tish pastasi va 24 dona hojatxona qog‘ozini ishlatadi.

Shu bilan birga, nabirali bo‘lishga ham ulgurgan ota-ona o‘z hayotidan nolimaydi.

“Bolalar — bizning hashamatimiz. Buni hech qachon pulga sotib olib bo‘lmaydi”, — deydi oila otasi.

Avvalroq andijonlik 39 yoshli ayol 11-farzandini dunyoga keltirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: ona bo‘ldi, Britaniyalik, (Foto), Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя