Главная » 2017 » Август » 14 » Britaniyalik erkakning 10 ta a’zosi olib tashlandi
16:35

Britaniyalik erkakning 10 ta a’zosi olib tashlandi


Qorin qismida saraton tashhisi qo‘yilgan Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida yashovchi Mark Tompkinson ismli kishining 10 ta a’zosi olib tashlandi. Bu haqda “Life” nashri xabarbermoqda.

54 yoshli Mark Tompkinsonga kamdan-kam uchraydigan saraton tashhisi qo‘yildi. Uning 18 oy umri qolganligi ma’lum qilindi.

Mark Tompkinson 22 soatdan 2 marta jarrohlik operatsiyasini boshidan kechirdi. Shifokorlar undagi o‘simtani va uning atrofidagi a’zolarni, ya’ni ko‘richak, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak, 12 barmoqli ichak, o‘t pufagini olib tashlashdi. Shuningdek, a’zolarning 6 tasi transplant qilindi.

Hozirda Mark Tompkinson saratondan butunlay halos bo‘ldi va uning salomatligi yaxshi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: a’zosi, Erkak, Britaniyalik, 10 ta, olib tashlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя