Главная » 2017 » Январь » 10 » Britaniyalik olimlar tishlarni plombasiz davolash usulini topdi
13:00

Britaniyalik olimlar tishlarni plombasiz davolash usulini topdi


Tishlarni shikastlangan joylarni mustaqil tarzda qayta tiklashga majbur qilish va shu tariqa, plombalardan foydalanishga chek qo‘yish mumkin, deya xabar bermoqda“Korrespondent.net” britaniyalik olimlarga tayanib.

Londondagi Qirollik kolleji jamoasi Tideglusib kimyoviy moddasi sichqonlarda tish pulpasidagi hujayralarni tishdagi kichik teshiklarni mustaqil ravishda davolashga majbur qila olishini aniqladi. Ushbu usul “to‘liq va samarali tabiiy tiklanish”ga olib keladi, deyiladi tadqiqot haqidagi hisobotda.

Tishlarda regeneratsiya (tiklanish) qobiliyati cheklangan bo‘ladi. Agar ichki tish pulpasi ochilib qolsa, odam organizmi qalin tish to‘qimasi — dentin (bevosita emal ostidagi qatlam)dan ingichka tasma yarata oladi, ammo katta teshiklarni bunday tarzda davolab bo‘lmaydi.

Tidesglusib preparati tish pulpasidagi tana hujayralari faolligini kuchaytiradi, bu sichqonlar tishlaridagi 0,13 millimetr diametrga teng teshiklarni tiklash imkonini beradi. Preparatga botirilgan eruvchan gubka tishning shikastlangan qismiga qo‘yilgan, ustidan himoya qoplamasi surilgan. Gubka parchalanib borgani sari, uning o‘rnini dentin to‘ldirib borgan va tish tuzalib qolgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: plombasiz, tishlar, olimlar, Britaniyalik, davolash usulini topdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя