Главная » 2020 » Апрель » 26 » Bu fakt: Dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlarning 25 foizi AQShga to‘g‘ri keladi
20:17

Bu fakt: Dunyo bo‘yicha koronavirusdan vafot etganlarning 25 foizi AQShga to‘g‘ri keladi


Jon Xopkins universiteti tomonidan e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, AQShda so‘nggi 24 soat ichida yana 2 494 kishi koronavirus sabab olamdan o‘tdi.

Ayni vaqtda Qo‘shma Shtatlar koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan davlat hisoblanadi. Dunyo miqyosida koronavirusdan vafot etganlarning 25 foizi AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mamlakat kasallanganlar soni bo‘yicha ham yaqqol “peshqadam”ga aylangan.

AQShda hozirgacha 54172 kishi nobud bo‘lgan, 959 293 kishida infeksiya aniqlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha dunyo bo‘ylab 2 923 336 kishida koronavirus aniqlandi va ularning 204 308 tasi vafot etdi. Ushbu kasallikdan shifo topganlar esa 837 531 tani tashkil qilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Bu fakt, Dunyo, AQShga, vafot etganlarning, koronavirusdan, to‘g‘ri keladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя