Главная » 2020 » Апрель » 5 » “Bu hayotimdagi eng muhim davrlar edi”. Sevara Nazarxon “Ippodrom”da choy sotib, pul topgani haqida gapirdi
19:30

“Bu hayotimdagi eng muhim davrlar edi”. Sevara Nazarxon “Ippodrom”da choy sotib, pul topgani haqida gapirdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon MyDay stories dasturiga intervyu berdi. Xonanda ushbu suhbat davomida bir necha yil avval pul topish uchun “Ippodrom” (Chilonzor buyum bozori, sobiq Otchopar)  bozorida choy sotgani haqida gapirdi.

“Ba’zan mendan so‘rashadi, ‘Sizning auditoriyangiz, muxlislaringiz boshqalarnikidan farq qiladi. Bu natijaga qanday erishgansiz, ularni qanday topasiz’ deb. Shu payt men ikki yil “Ippodrom”da choy sotgan davrlarimni eslayman. Bu hayotimdagi eng muhim va qo‘rqinchli damlar edi. Onam ikkalamiz idishlarni yaxshilab yuvib, yoniga muz qo‘yib, choy sotardik. Bu bilan nima demoqchiman, men har doim oddiy odamlar qatorida bo‘lganman. Hozir ham shundayman, boshqalardan kuchli darajada farq qilaman, deb o‘ylamayman. Ko‘chada tanib qolishsa, ha, bu yoqimli holat, xursand bo‘laman. Lekin men ham boshqalar singari oddiy odamman”, — deydi xonanda.

Sevara Nazarxonning aytishicha, u konsertlariga chipta narxini belgilashda ham odamlarning sotib olish imkoniyati bilan hisoblashadi. “Imkon qadar odamlarimizga og‘ir bo‘lmaydigan qilib, chiptalarga narx qo‘yamiz. Toki hamma konsertga kirish imkoniyatiga ega bo‘lsin”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Sevara Nazarxon.

Avvalroq Munisa Rizayeva Sevara Nazarxon bilan birga “Golos” loyihasida ishtirok etgani, Gulnora Karimovaga yaqin odamlarning tahdidi tufayli ushbu loyihadagi ishtirokidan voz kechgani haqida gapirib begandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя