Главная » 2021 » Сентябрь » 2 » Bu transfer menga juda kerak edi — Ronaldu MYUga o‘tishining sababini aytdi
14:49

Bu transfer menga juda kerak edi — Ronaldu MYUga o‘tishining sababini aytdi


Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga o‘tganidan so‘ng, klub matbuot xizmatiga ilk bor intervyu berdi. MYU rasmiy sayti ushbu intervyuni muxlislar e’tiboriga havola etdi.

— Krishtianu, yana bir bor “Manchester Yunayted” futbolchisi ekanligingizni his qilish qanday bo‘lmoqda?

— Bilasiz, bu klub bilan fantastik tarixim bor. Bu yerga 18 yoshimda kelganman va 12 yildan so‘ng qaytishdan xursandman. Jamoa tarkibidagi ilk o‘yinimni sabrsizlik bilan kutyapman.

— Klubga qaytishingizda Ser Aleksning o‘rni qanday bo‘ldi?

— 18 yoshimda bu yerga kelishimga aynan Ser Aleks sababchi bo‘lgandi. Ser Aleks – futboldagi otam. U menga ko‘p yordam bergan va fikrimcha qaytishimga asosiy sababchi ham aynan u. Oramizdagi munosabatlar a’lo darajada, doimo gaplashib turamiz, u yoqimli inson. Uni rostdan ham yaxshi ko‘raman. Bu yerga kelganim aynan uning sharofatidir.

— Hayotingiz va faoliyatingizdagi aynan shu qismiga kelib bu yerga qaytganingizning sababi nima?

— Menimcha, ushbu qarorga kelish uchun ayni fursat edi. Bu transfer menga kerak edi. “Yuventus”dan MYUga keldim – bu kitobimning yangi bobi. Juda xursandman, tarixda o‘z izimizni qoldirib, jamoaga sovrinlar yutishda yordam bermoqchiman”.

— “Yunayted” muxlislariga qanday aytar gaplaringiz bor?

— Muxlislar – futboldagi asosiy faktor. Endi o‘tgan yilgi kabi stadionlar bo‘m-bo‘sh bo‘lmaydi. Muxlislar – muvaffaqiyat kaliti. “Manchester Yunayted” muxlislarini yaxshi bilaman, ular o‘zgacha. Ular hali hamon men haqimda qo‘shiqlar kuylashini bilaman, bu esa meni yanada baxtliroq qiladi. Ularning oldidagi majburiyatim esa – maydonda yaxshi harakat qilib, qo‘limdan kelgancha gollar urib, jamoaga yordamimni ayamaslik”, deydi Ronaldu.

Ma’lumot uchun, Krishtianu 2003-2009 yillar davomida aynan MYUda to‘p surgan. Bu muddat davomida u barcha musobaqalarda 196 ta o‘yinda maydonga tushib, 84 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: TRANSFER, MYU, Ronaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя