Главная » 2020 » Июнь » 4 » Bu yil Abiturientlar hujjatlarini Oliy ta’lim muassasalarida topshirmaydilar
13:42

Bu yil Abiturientlar hujjatlarini Oliy ta’lim muassasalarida topshirmaydilar


Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun abiturientlar amaldagi muddatda 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham):

-Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
- Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;
- Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bunda abiturientlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
So‘x tumanida istiqomat qiluvchi bitiruvchilariga OTMlarga kirishda alohida 500ta davlat granti kvotasi beriladi;

Shuningdek, kam ta’minlangan ayollar va ularning farzandlariga alohida 800ta davlat granti uchun kvota ajratiladi.

Ikkala kvotaning ham kimlarga berilishi tartibi tez orada tasdiqlanib, e’lon qilinadi.

Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: abiturientlar, DTM | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя