Главная » 2020 » Май » 2 » Bu yil OTMga test sinovlari muddatlari o‘zgardimi?
14:40

Bu yil OTMga test sinovlari muddatlari o‘zgardimi?


Bugun AOKA anjumanlar zalida ta’lim sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklar yuzasidan onlayn-brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat test markazi direktori Majid Karimov muhim savol va murojaatlarga javob qaytardi.

– Bu yil OTMga test sinovlari muddatlari o‘zgardimi?

– Yo‘q. Kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar hududida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilinadi.

– Bu yildan test sinovlari 5 ta fandan o‘tkazilishi e’lon qilingan edi, karantin munosabati bilan o‘zgartirishlar bormi?

– Test sinovlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda.

Bu masalada qabul qilingan qarorlar tez kunlarda Davlat test markazining saytida va ommaviy axborot vositalarda ham e’lon qilinadi.

– Bu yili abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni qanday bo‘ladi?

– Bu borada ushbu tartiblar ko‘rib chiqilmoqda:

  • ro‘yxatga olishda kiritiladigan ma’lumotlarni kamaytirish;
  • abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni Davlat xizmatlari markazlari;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn rejimda amalga oshirish;
  • abituriyentga uyidan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratish.

– Harbiy tavsiyanomalardan bu yil ham foydalansa bo‘ladimi?

– Tavsiyanomalar ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi.

– Test topshiriqlari qanday soddalashtiriladi?

– Har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: muddatlari, test sinovlari, o‘zgardimi, OTMga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя