Главная » 2021 » Май » 11 » Buffon “Yuventus”dan ketishini e’lon qildi
22:21

Buffon “Yuventus”dan ketishini e’lon qildi


Italiyalik darvozabon Janluiji Buffon joriy mavsum oxirida “Yuventus”ni tark etadi. Bu haqda “Football-Italia” ma’lum qildi.

“Mening kelajagim allaqachon belgilangan. Men “Yuventus”da ko‘p vaqt o‘tkazdim va joriy mavsum oxirida jamoani tark etaman”, degan Buffon.

43 yoshli darvozabon agarda futbol o‘ynash uchun o‘zida motiv topa olmasa karerasini tugatishini ham inkor qilmagan.

“Yoki o‘ynashni to‘xtataman, yoki kareramni davom ettirish uchun motiv topaman. Men klubga berishim mumkin bo‘lgan barcha narsani berganimni his qilyapman. Bu bir davrning yakuni”, degan Buffon.

Buffon 2001 yilda “Yuventus”da o‘ynay boshlagan. U 2018 yilgacha italyan klubi sharafini himoya qilgan. So‘ng PSJga o‘tgan. Fransuz klubida bir mavsumni o‘tkazib, yana “Yuventus”ga qaytgan.

“Yuventus” tarkibida Buffon 12 marta mamlakat chempioni bo‘lgan, to‘rt marta Italiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. PSJda o‘ynagan vaqtida u Fransiya chempioni bo‘lgan. Italiya termasi safida 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: e’lon qildi, Yuventus, ketishini, buffon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя