Главная » 2020 » Май » 11 » Bugun koronavirusdan sog‘ayganlar soni 100dan oshdi
16:14

Bugun koronavirusdan sog‘ayganlar soni 100dan oshdi


Bugun Toshkent shahridagi davolash muassasalarida 36 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Poytaxtimizda tuzalganlarning 26 nafari Toshkent shahridan, 4 nafari Farg‘ona viloyatidan, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 26 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. 7 nafari Rossiyadan, 3 nafari esa Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 28 nafari erkak, 8 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 2019 yilda tug‘ilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 575 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 611 nafarga yetdi.

Sirdaryo viloyatida tuzalgan 40 yoshli erkak Yangiyer shahridan bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 13 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 14 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 101 nafar bemor butunlay tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1982 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bugun, koronavirusdan, oshdi, sog‘ayganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя