Главная » 2020 » Май » 8 » Bugun koronavirusdan tuzalish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
19:46

Bugun koronavirusdan tuzalish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi


Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 6 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Toshkent shahrida to‘liq sog‘ayganlar 548 nafarga, Surxondaryo viloyatida esa 35 nafarga yetdi, deya ma’lumot berdi SSV matbuot xizmati.

Shunday qilib, bugun jami 119 nafar bemor tuzalib, yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlar sog‘ayishni boshlagan kundan buyon o‘tgan vaqt ichida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1775 nafarni tashkil etmoqda.

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 2324 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 539 nafar bemor davolanmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yuqori ko‘rsatkich, qayd etildi, tuzalish, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя