Главная » 2021 » Февраль » 21 » Bugun kun bo‘yi ob-havo qanday bo‘ladi? Gidrometeorologiya xizmati ma’lumoti
09:20

Bugun kun bo‘yi ob-havo qanday bo‘ladi? Gidrometeorologiya xizmati ma’lumoti


Gidrometeorologiya xizmati bugun, 21-fevral kuni kunduzi qanday ob-havo kutilayotgani bo‘yicha ma’lumot berdi. 

21-fevral kunduz kuni O‘zbekistonda nam va salqin ob-havo bo‘ladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarida kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 8-13° iliqni, shimolda 0-5° iliqni atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo bulutli bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.

Tog‘ hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя