Главная » 2021 » Март » 29 » Bugun O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keldi
10:10

Bugun O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keldi


29-martda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga sovuq havo massasi kirib keldi. Bu haqda O‘zgidromet xizmati ma’lum qildi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-11° iliqgacha pasayadi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 6-8° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: havo, Sovuq, kirib keldi, massasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя