Главная » 2021 » Март » 28 » Bugun O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘adi
12:03

Bugun O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘adi


O‘zbekiston Gidrometeorologiya xabariga ko‘ra, bugun, 28 mart kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va salqin havo massalari kirib keladi.

Yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda kunduzi yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-15° iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yomg‘ir, kuchli, yog‘adi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя