Главная » 2021 » Апрель » 20 » Bugun O‘zbekistonga nam havo massalari kirib keladi
09:09

Bugun O‘zbekistonga nam havo massalari kirib keladi


20-aprelda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarda g‘arbiy shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-22° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor.

Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kirib keladi, NAM, O‘zbekistonga, havo, massalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя