Главная » 2020 » Январь » 5 » Bugun Quyosh maksimal darajada Yerga yaqinlashadi
16:04

Bugun Quyosh maksimal darajada Yerga yaqinlashadi


Bugun, 5 yanvar kuni Quyosh Yerga maksimal darajada yaqinlashadi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Perigeliya nuqtasidan yer Toshkent vaqti bilan soat 14.48 da o‘tadi.

Yer orbitasining perigeliya nuqtasi 147 098 291 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, bu Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofadan 2,5 million kilometrga kam.

Yer Quyosh atrofida 365 kun 6 soat 9 daqiqa 10 soniyada to‘liq aylanishni amalga oshiradi. Yer quyosh atrofida elliptik orbitada sekundiga 29,765 kilometr tezlikda harakat qiladi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя