Главная » 2021 » Июнь » 11 » Bugun Toshkentda Shohjahon Ergashev ishtirokida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi
11:05

Bugun Toshkentda Shohjahon Ergashev ishtirokida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi


Bugun poytaxtimizdagi «Yunusobod sport kompleksi»da katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. An’anaga muvofiq, boks oqshomi oldidan ushbu kecha ishtirokchilarining vazn o‘lchash marosimi va matbuot anjumani o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi ringga chiqadi. «Tashkent city»da o‘tgan marosimga kechada ishtirok etadigan barcha bokschilar, katta sport jamoatchiligi vakillari va OAV xodimlari tashrif buyurishdi.

Kutilganidek, bokschilar belgilangan talabni bajarishdi. Shundan so‘ng Shohjahon Ergashev ishtirokida o‘ziga xos mahorat saboqlari tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, bugun boks oqshomining markaziy jangidan tashqari anderkard bahslarida Ulug‘bek Haqberdiyev, Jamshid Najmiddinov kabi yana 6 nafar taniqli bokschilar reyting janglarini o‘tkazishadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Shohjahon Ergashev, professional, kechasi, Boks | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя