Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Bugun va ertaga Toshkentdagi yirik binolar ko‘k rangli tusga kiradi
16:04

Bugun va ertaga Toshkentdagi yirik binolar ko‘k rangli tusga kiradi


20-noyabr kuni Butunjahon bolalar kuni nishonlanadi. Ushbu sana 1954-yilda BMT tomonidan e’lon qilingan va yosh avlodning farovon hayotini ta’minlash uchun dunyo hamjamiyati e’tiborini jalb qilishga qaratilgan.

Xalqaro miqyosda bir qator muhim hujjatlar, jumladan, yosh avlodning hayotga, sog‘liqqa, ta’limga, dam olishga va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqlarini, ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilishni, zo‘ravonlik va kamsitishdan himoya qilishni, fikrlarni ifoda etishni nazarda tutadigan Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiya, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilindi.

An’anaga ko‘ra, 20-noyabr kuni ko‘plab mamlakatlarda mavzuga doir tadbirlar o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar nafaqat sohadagi yutuqlarni, balki kelajakda hal etilishi lozim bo‘lgan keskin muammolarni ham qayd etadilar.

Har yili butun dunyoda «Dunyoni ko‘k rangga bo‘yash» aksiyasi o‘tkazilmoqda, uning maqsadi jamoatchilik e’tiborini bolalar huquqlarini ta’minlashning dolzarb masalalariga jalb qilishdir. Mamlakatlar umumiy g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, diqqatga sazovor, markaziy joylarni yoritishni tashkil qilishadi.

Ushbu aksiyaga O‘zbekiston ham qo‘shiladi. 19 va 20-noyabr kunlari soat 18:00dan boshlab 6:00gacha «Xalqlar do‘stligi» va «Turkiston» saroylari, «Poytaxt» biznes markazi, simpoziumlar saroyi, Navoiy davlat akademik teatri, O‘zbekiston tarixi muzeyi, Milliy stadion, Hamid Olimjon maydonidagi 16 qavatli uylar, aeroport, shuningdek boshqa madaniy diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, sport tashkilotlari ko‘k randa tovlanadi. Samarqand, Buxoro va Xivaning tarixiy va zamonaviy majmualari ham ko‘k rangda — birdamlik va hamjihatlik rangida, xalqaro aksiyani qo‘llab-quvvatlaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘k, yirik, binolar, tusga kiradi, Toshkentdagi, rangli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя