Главная » 2021 » Сентябрь » 19 » Bugundan O‘zbekiston hududiga salqin havo kirishi boshlanadi
08:54

Bugundan O‘zbekiston hududiga salqin havo kirishi boshlanadi


19-sentyabrda kunduz kuni respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi.

Yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi, shimolda 22-27° gacha pasayadi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35° gacha biroz pasayishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° atrofida saqlanib turadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: havo, salqin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя