Главная » 2021 » Сентябрь » 27 » Bugundan respublika bo‘ylab harorat tushib ketadi
08:56

Bugundan respublika bo‘ylab harorat tushib ketadi


27-sentyabrda kunduz kuni respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo tarqaladi.

Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni nisbatan pasayadi va kunduz kuni 23-28° ni, shimolda 18-23° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-25° gacha pasayadi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 19-24° bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: harorat, respublika | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя