Главная » 2020 » Июль » 4 » Bugungi ikkinchi o‘lim. Buxorolik ayol koronavirusdan vafot etdi
18:36

Bugungi ikkinchi o‘lim. Buxorolik ayol koronavirusdan vafot etdi


Bugun, 4 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatda koronavirusdan vafot etgan 31-bemor bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol  D.Sh. joriy yil 1 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “Ikki tomonlama  pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Avvalroq, 65 yoshli Toshkentda yashovchi erkak vafot etgani haqida xabar bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Buxorolik ayol, koronavirusdan vafot etdi, Bugungi ikkinchi o‘lim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя