Главная » 2018 » Апрель » 14 » Bunaqasi bo‘lmagan! Arzon uy-joylar berilish tartibi tasdiqlandi
16:14
Bunaqasi bo‘lmagan! Arzon uy-joylar berilish tartibi tasdiqlandi


Joriy yil 12 aprel kuni Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Ushbu qarorga ko‘ra, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy- joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar qurish 2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan na’munaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratiladi:

I toifaga kiradigan tumanlarda – bittadan ikki, uch qavatli uylarga xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan;

II toifaga kiradigan tumanlarda – ikkitadan ikki, uch qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylardan;

I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida – oltitagacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);

II toifaga kiradigan shaharlarda – o‘ntacha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);

nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridagi xonadonlar ajratiladi.


Qaror bilan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining:

25 foizi Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, talabgor ishlayotgan tashkilot hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);

75 foizi ipoteka asosida tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi;

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarni so‘ndirish:

talabgorning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar;

talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” hayriya fondining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 529 | Добавил: ADMIN | Теги: uy-joylar, berilish, Bunaqasi bo‘lmagan, tartibi, Arzon, tasdiqlandi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |