Главная » 2021 » Август » 20 » Bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi tadbirkorga muammo keltirmaydi — Prezident
12:10

Bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi tadbirkorga muammo keltirmaydi — Prezident


Endilikda kreditlar milliy valyuta “so‘m”da beriladi. Dollar va yevro kursining oshishi tadbirkorga muammo tug‘dirmaydi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda shu haqda aytib o‘tdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, banklar tomonidan kelgusi yili xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion so‘mlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi.

Shuningdek, O‘zbekiston bozorida ishlashga tayyor bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalarga ega, yirik xorijiy banklarni kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi.

“Banklar chetdan resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta – “so‘m”da va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Valyutada kredit olgan va bugun qiyin ahvolga tushib qolgan yuzlab tadbirkorlarimiz ushbu masalani o‘z murojaatlarida ko‘targanlar.

Shu bois, Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.

Ushbu kompaniya, banklar tomonidan chet el valyutasida jalb qilinayotgan mablag‘larni so‘mga o‘girib, kreditni ichki bozorda faqat milliy valyutada berish uchun zarur sharoit yaratadi. 

Lo‘nda qilib aytganda, bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi, tadbirkorga qo‘shimcha muammo yoki ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltirmaydi”, Shavkat Mirziyoyev.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Dollar, prezident, tadbirkorga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя