Главная » 2018 » Июнь » 14 » Burak O‘zchivitning rafiqasi kino olamining “cho‘qqi”sini zabt etdi
12:53

Burak O‘zchivitning rafiqasi kino olamining “cho‘qqi”sini zabt etdi


Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub “Choliqushi” asari turk kinorejissyorlari tomonidan yangi talqinda suratga olinayotgani haqida xabar berib o‘tgan edik.

Unda o‘zbekistonliklar uchun “Sevgi iztirobi” seriali orqali tanish Burak O‘zchivit Komronni ijro etgan. Aynan shu serialda Feride rolida ko‘rinish bergan Fahriya Evjan uning hayotdagi rafiqasi bo‘ladi.

Aytish mumkinki, “Choliqushi” ularning oila qurishiga sababchi bo‘lgan. O‘tgan yili nikohdan o‘tgan mashhur juftlik bu oy oxirida to‘ylarining bir yilligini keng nishonlashmoqchi.

Hozirda turk kinosining eng qimmatbaho aktrisasi sifatida e’tirof etiladigan Fahriya Evjanni dunyo ham tan oldi. U IMDb – internet sayti talqiniga ko‘ra, hali hech bir turk san’atkori erisholmagan natijani qayd etdi. Aniqroig‘i, xalqaro ro‘yxatda 1617 qatorda ko‘rsatilgan.

Hattoki, Nurgul Yashilchay o‘ynagan kino va seriallar bir nechta xorij davlatlarida namoyish etilgan paytda ham u bu darajaga erisholmagandi.

Fahriya Evjan bu ko‘rsatkichi bilan mashhurlik bobida bir qancha Gollivud va Bollivud yulduzlarini ham ortda qoldirgan.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Burak O‘zchivit, cho‘qqi, kino olami, zabt etdi, rafiqasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя