Главная » 2017 » Сентябрь » 7 » Burak Ozchivit yangi filmda suratga tushadi
19:16

Burak Ozchivit yangi filmda suratga tushadi


Mamlakatimiz kino ixlosmandlariga “Sevgi iztirobi” seriali orqali yaxshi tanish bo‘lgan turkiyalik aktyor Burak Ozchivit (Burak O‘zchivit) o‘zining millionlab muxlislariga yangi xushxabarni e’lon qildi. Bu haqda “mynet.com” nashri xabar berdi.

Kecha oqshom “Star TV” kanali tomonidan uyushtirilgan marosimda Burak Ozchivit ham qatnashdi. U yaqin kunlarda katta ekranga qaytishini ma’lum qildi.

Aynan qaysi serialda rol ijro etishini aytmagan aktyor bu safar ham faoliyatini “Ay yapim” media shirkati bilan hamkorlikda davom ettirishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Burak Ozchivit 1984 yilda Istanbulda tug‘ilgan. Shu yilning 29 iyun kuni Burak Ozchivit Rashot Nuri Guntekinning o‘lmas asari asosida suratga olingan “Choliqushi” serialidagi sherigi — aktrisa Fahriya Evjan bilan oila qurgan edi.

Habibulloxon Azimov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: suratga, Ozchivit, Burak, tushadi, yangi filmda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя