Главная » 2020 » Март » 29 » Butun dunyoga vahima solayotgan koronavirus nega Shvetsiyani qo‘rqita olmayapti?
21:29

Butun dunyoga vahima solayotgan koronavirus nega Shvetsiyani qo‘rqita olmayapti?


Bugun Yevropa Ittifoqi davlatlarining barchasi koronavirus sabab vahimaga, tushkunlikka va chorasizlikka tushmoqda. Infeksiya ko‘hna qit’aning iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasiga zarba bermoqda. Ammo Yevropadagi birgina davlat bu holatlarga xotirjam qaramoqda. Bu – Shvetsiya.

Shvetsiya koronavirus sabab qandaydir cheklovlar yoki karantin e’lon qilmagan Yevropa Ittifoqidagi yagona davlat hisoblanadi. Mamlakat rasmiylari, hamma narsadan farqli o‘laroq, odamlarni ko‘chalarga chiqishga va toza havodan nafas olishga undamoqda.

Aksariyat Yevropa mamlakatlarida karantin o‘rnatilgan va joylarda komendantlik soati joriy qilingan. Ko‘rinishidan buning yaxshi sabablari bor. Ba’zija bunday qat’iy choralar odamlarni dunyodagi jiddiy vaziyat haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Shvetsiya rasmiylarining ta’kidlashicha, bunday cheklovlarning kiritilishi "fuqarolarning erkinligini buzish" hisoblanadi. Shuning uchun ular karantindan voz kechishga qaror qildi.

Mamlakat Bosh vaziri aholidan so‘ragan yagona narsa bu – shifokorlarning tavsiyalariga amal qilishdir.

Ayni kunlarda mamlakatda restoranlar, kafelar, ko‘ngilochar markazlar, kinoteatrlar va barlar o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ushbu mamlakat odamlari bahorni yaxshi ko‘radi, pikniklar uchun yig‘ilishadi, parklarda sayr qilishadi. Ha, aytgancha, koronavirus sabab Shvetsiyada 500 dan ortiq odamning bir joyda to‘planishi taqiqlangan.

Masalan, bu holat qo‘shni davlatlarda o‘zgacha: Germaniya va Buyuk Britaniyada 2 kishidan ortiq odamning bir joyda to‘planishi mumkin emas.

Shu hafta boshida Shvetsiyaning sobiq davlat epidemiologi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maslahatchisi fuqarolarni ko‘chalarga chiqishga va toza havo bilan nafas olishga, issiq kofe bilan termos olib, o‘rtacha masofada pikniklarda yurishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘liq uchun uylarda qolish juda zararli.

Mamlakat hukumati ushbu qarorni qabul qildi va fuqarolar bunga rozi bo‘lish-bo‘lmasliklarini o‘zlari hal qilishlari zarurligini ta’kidladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusga 3447 nafar odam chalindi. 16 bemor shifo topgan bo‘lsa, 105 kishi vafot etdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя