Главная » 2020 » Апрель » 10 » Butun Xitoyda itlarni yeyish taqiqlandi
18:19

Butun Xitoyda itlarni yeyish taqiqlandi


Itlar Xitoy qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan yeyiladigan hayvonlar ro‘yxatidan rasman chiqarildi.  Ushbu qaror mamlakatda koronavirus tarqalishiga ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda, deb yozadi “Reuters” axborot agentligi.

Vazirlik chorva deb tan olingan hayvonlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida – yirik shoxli qoramollar, cho‘chqalar, parrandalar, tuyalar ham bor.

Joriy yilning aprel oyida Xitoyning Shenchjen shahri hokimiyati it va mushuklarning go‘shtini yeyishni taqiqlagan edi. Ushbu taqiq 1 maydan kuchga kiradi.

Ta’kidlanishicha, ilgari itlar va mushuklarning go‘shtini yeyishga taqiq butun Xitoy bo‘ylab bo‘lmagan. Masalan, Gonkongda it va mushuklarni ovqat uchun o‘ldirish olti oygacha qamoq va 640 dollar jarima bilan jazolanadi.

Xitoyning Yuylin shahrida esa har yili it go‘shtini sevuvchilarning festivali o‘tkaziladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoyda, itlar, yeyish taqiqlandi, butun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя