Главная » 2021 » Март » 2 » Buxoro hokimi ham «konteyner»ga ko‘chib o‘tdi
16:03

Buxoro hokimi ham «konteyner»ga ko‘chib o‘tdi


Buxoro viloyati Botir Zaripov Olot tumanidagi «Davlatboy» mahallasida ko‘chma shtabda o‘z faoliyatini davom ettiradi.    

Qayd etilishicha, bunyodkorlik ishlarining borishi bilan yaqindan tanishish, mavjud muammolarni o‘rganish va hal etish maqsadida 1-mart kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumanida bo‘ldi. 

Dastlab «Davlatboy» mahallasida tuman hududida olib borilayotgan «mahallabay» ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish masalasida mutasaddilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. 

Unda hududdagi obodonlashtirish ishlari, kommunal muammolar bilan bog‘liq murojaatlar alohida e’tiborga olinib, mas’ullar zimmasiga zarur vazifalar yuklandi. 

Botir Zaripov mazkur mahallada yashovchi Oyjamol Avezova, Sayyora Xudoyberdiyeva va Yazmurod Hasanovlar xonadonida bo‘lib, xonadon vakillarning yashash sharoitini ko‘zdan kechirdi. 

Bundan tashqari, viloyat rahbari mutasaddilar bilan birgalikda hududda 20-sonli umumta’lim maktabini ko‘zdan kechirdi. 

O‘rganishlar jarayonida tibbiyot muassasalari, yo‘llar ham e’tibordan chetda qolmagan. Ularda olib borilishi kerak bo‘lgan qurilish-ta’mirlash ishlari yuzasidan muhim vazifalar belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan hokimi prezident tanqid qilgan mahallada konteynerda yashashini ma’lum qilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘chib, hokimi, Buxoro, konteyner | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя